Xalq deputatlari Uçtepa tuman kengaşi deputati, ÖzLiDeP deputatlik guruhi rahbari örinbosari Nuriddin Zaynitdinov barça xususiy Telegram-kanallar asosçilari va ma'murlariga murojaat bilan çiqdi.
“Oxirgi kunlarda tekşirilmagan va örganilmagan video materiallar Telegram-kanallarda tarqalib, ularni deputatlar tomonidan tekşirilib örganilganda mualliflar tomonidan yolğon ma'lumotlar tarqatilgani, ommani fikrini çalğitişga uriniş va tuhmat holatlar aniqlanmoqda.
Misol uçun bolalar uyidagi holat böyiça video kabi, manbasi noma'lum va yolğon ma'lumotlar körsatilgan materiallar.
Sizlardan kelgusida joylanayotgan materiallarni çuqurroq örganib, manbalarini ma'lum qilgan holda, imkon qadar tekşirilgan materiallarni joylaşingizni sörayman.
Ijtimoiy tarmoqlarda yolğon ma'lumot va materiallar tarqatganlarga taalluqli qonun böyiça javobgarlik çoralari körilişi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilgan har bir ma'lumot va materiallar Xalq deputatlari Toşkent şahar va tuman kengaşlari deputatlarining doimiy deputatlik nazoratidadir.
Aniqlangan qonun buzilişi holatlari deputatlar tomonidan örganiladi va tegişli çora-tadbirlar köriladi”, - deb yozadi deputat.












