Aksariyat Instagram'dan qanday qilib suratlarni yuklaş mumkinligini bilmaydi. "Layfxaker" özingiz va boşqa oçiq akkauntlardan biryöla bir neçta yoki bittalab surat yuklaş borasidagi tavsiyalari bilan bölişdi.
Suratlarni birma-bir yuklaş
Instagram'dan suratlarni birma-bir yuklaş uçun DownloadGram veb-servisi ayni muddao. Bu bepul dastur bölib, barça qurilmalarda işlaydi va boşqa bir dasturlarni yuklaşni talab qilmaydi.

Suratni yuklab oliş uçun Instagram ilovasida yoki veb-versiyasidan uning havolasi nusxasini oling va DownloadGram sayti satriga kiriting-da, Download → Download Image'ni bosing. Şundan söng servis avtomatik ravişda suratni yuklab oladi yoki uni yangi sahifada oçadi va siz suratni oddiy saytlardagi suratlarni saqlagandek saqlaysiz.
Biryöla barça yoki bir neça tanlangan suratlarni yuklaş
Instagram'dan kompyuterga surat yuklaş
Unça katta bölmagan 4K Stogram kross-platforma dasturi unga ulangan Instagram-akkauntlardan biryöla barça suratlarni yuklab oladi. Bepul versiyaga özingizga tegşili yoki boşqa ikkitadan köp bölmagan profillarni ulaş mumkin, buning uçun parol kiritişga hojat yöq. Lisenziya sotib oliş bu çeklovni bekor qiladi va "hikoyalar"dan suratlarni yuklaş imkonini beradi.

Akkauntning barça suratlarini yuklaş uçun uning havolasidan nusxa olib, uni 4K Stogram'ning asosiy menyusidagi satriga kiriting. Keyin Enter'ni bosing va suratlar yuklanişini kuting. Suratlar dasturda aks etganda ularni 4K Stogram'da köriş yoki maqsadli papkada oçiş mumkin böladi.














