Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya sohillari ustidan AQShning F-15 samolyotlari uchib o‘tdi
Foto: U.S. Air Force/UPI
AQShning harbiy imkoniyatlarini namoyish qilish maqsadida Shimoliy Koreya sohillari uzra AQShning F-15 qiruvchi samolyotlari hamrohligida B-1B Lancer strategik bombardimonchilari uchib o‘tdi. Bu haqda Pentagon vakili Dana Uayt ma'lum qildi.
AQShning Tinch okeanidagi Guam oroli va Yaponiyaning Okinava orolidan havoga ko‘tarilgan samolyotlar Shimoliy Koreyadan sharqiy tomondagi xalqaro havo hududlaridan uchib o‘tgan.
Samolyotlar qurolsizlantirilgan hududdan shimol tomon 21-asrda avval kuzatilmagan darajada ichkariroq kirib borishgan. "Bu biz Shimoliy Koreyaning aqlsizligini jiddiy qabul qilishimizni ta'kidlaydi. Bu missiya AQSh qat'iyatini namoyish qilish va prezident Tramp istalgan tahdidni yakson qilish uchun ko‘plab harbiy variantlarga egaligini aniq bildirib qo‘yishga qaratilgan", deb aytilgan xabarda.
Uayt Shimoliy Koreyaning qurol-aslaha yaratish bo‘yicha dasturini xalqaro hamjamiyatga xavf deb atadi.
Mavzuga oid
13:32 / 19.12.2025
AQSh Tayvanga eng yirik qurol-yarog‘ paketi yetkazib berishni rejalashtirmoqda
10:53 / 19.12.2025
AQSh Green Card dasturini vaqtincha to‘xtatib turadi
08:45 / 19.12.2025
Tramp 2026 yil uchun AQShning rekord mudofaa budjetini imzoladi
20:18 / 18.12.2025