Ilk Oy bolalari qachon dunyoga kelishi taxmin qilindi
2040 yilda Oyda 100 ga yaqin odam yashaydi, muzdan suv oladi, uylar va anjomlarni 3D-printerlarda bosmadan chiqaradi, Oy tuprog‘ida o‘simliklar o‘stiradi va past gravitatsiyali o‘yinlar o‘ynash bilan mashg‘ul bo‘ladi. Yevropa koinot agentligi (ESA) ushbu "Oy qishlog‘i" rejasini amalga oshirish mumkin deb hisoblamoqda.
ESA vakili Bernard Foing Rigada o‘tgan sayyorashunoslar Yevropa kongressida insoniyat Oyda qanday qilib doimiy turar joy qurishi haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, bu turar joy avvallari temir yo‘l stansiyalari yonida qishloqlar, keyinroq shaharlar vujudga kelgandek paydo bo‘ladi. 2030 yilga kelib Oyga ilk 6-10 nafar doimiy yashovchilar – olimlar va muhandislar kelishadi, 2040 yilda ularning soni 100 nafargacha oshadi. 2050 yilda esa yana ham ko‘proq – ming kishi bo‘ladi va taxmin qilish mumkinki, ular orasida oilalar vujudga keladi, keyin esa Oyda tug‘ilgan ilk bolalar dunyoga keladi.
ESA rahbari Yoxan Verner kongress ishtirokchilari bilan Xalqaro koinot stansiyasini Oydagi doimiy turar joy bilan almashtirish g‘oyasini muhokama qildi. Uning fikricha, olimlar va tadbirkorlar anchadan beri bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamoqdalar, biroq siyosatchilar befarqroq munosabat bildirmoqdalar. Bu g‘oyaning yashovchanligini, sanoatning yangi tarmoqlarini yaratish imkoniyatini ko‘rsatish kerak.
Oy boy bo‘lgan zaxiralardan biri bazalt bo‘lib, bu vulqon jinsidan 3D-printerlarda sun'iy yo‘ldoshlar bosish mumkin. Ularning Oy sirtidan Yer orbitasiga uchirilishi yuqori gravitatsiyaga ega Yerdan uchirilishidan 40 marta arzonroqqa aylanadi. Shuningdek, Yer yo‘ldoshida geliy-3 bor. Sayyoramizda noyob bo‘lgan bu moddadan Yer uchun sof, xavfsiz energiya olish mumkin. Oyning qutb muzliklarida suv olish, uni kislorod va vodorodga parchalab, raketa yonilg‘isi ishlab chiqarish mumkin.
Gavayidagi Oy muhitini takrorlovchi poligonda bir yil o‘tkazgan fizik Kristiane Xeynike Oydagi hayotning qiyinchiliklaridan ogohlantirmoqda. "U butkul o‘simlikka ega emas, u yerdagi odamlar ko‘radigan narsa faqatgina toshlar, regolit va Yernikidan farqli bo‘lgan osmon bo‘ladi. Uy ichida va tashqarida skafandrlarda sen o‘zing bo‘lgan sayyorani boricha, shamolni, teringda quyoshni his qilolmaysan", deb aytmoqda fizik. Yana bir muammo – o‘z hamkasblaringdan xoli bo‘la olmaysan.
Biroq Oy modullaridan birida bo‘lgan Foing 2040 yilda Oy qishlog‘iga jo‘nashga tayyor.
Ta'kidlash joizki, SpaceX kompaniyasi 2018 yilda Dragon 2 koinot kemasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan Oyga ilk sayohatga chiptalarni sotmoqda. Chiptalar narxi va yo‘lovchilar ismlari oshkor qilinmayapti. Sayohatning o‘zi esa bir hafta vaqt oladi.
Mavzuga oid
17:44 / 08.11.2024
Xitoy 2030 yilgacha odamlarni Oyga uchirishini ma’lum qildi
16:27 / 29.10.2024
Yer atmosferasining ifloslanishi rekord darajaga yetdi
23:34 / 18.10.2024
Yevropa rasman Moonlight kosmik dasturini ishga tushiradi
11:26 / 01.10.2024