Elektromobillar dunyoni egallamoqda. Har yili tobora köplab modellar paydo bölayapti. Işlab çiqaruvçilar va davlatlar yana 20 yillardan keyin içki yonuv dvigatellaridan butunlay voz keçişga va'da berişmoqda. Ammo içki yonuv dvigatelli maşinalar işlab çiqaruvçilar taslim bölişni xayoliga ham keltirgani yöq.  Ular ham yangi texnologiyalarni taklif etib, samaradorlikni oşirişmoqda. Quyida benzinli dvigatellarning muqobil dvigatellar bilan kuraşiga doir fikrlar bildirilgan. 

Barçasi imkon qadar kuçaytirilmoqda

Hozirgi içki yonuv dvigateli (IYoD) XIX asrdagisidan tubdan farq qiladi. Uning samaradorligi arzon elektromobillar paydo bölguniça ham ança yaxşilangan edi. AQŞ atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligiga köra, sönggi 40 yil mobaynida yoqilğini tejaş körsatkiçlari qariyb 2 baravar ortdi. 

Uşbu jadvalda Amerikada işlab çiqariladigan avtomobillarning 10975 yildagi körsatkiçlariga nisbatan qiyosi keltirilgan. Sariq rangda — yoqilğini tejaş, yaşil rangda — vazn, qizili — ot kuçlari.

Umuman, 2005 yildan 2015 yilgaça bölgan davr mobaynida dunyoda har 100 kmni bosib ötiş uçun 1 litr kamroq benzin yoki boşqa turdagi yoqilğini kamroq sarflaşgan. Xalqaro energetika agentligi ma'lumotlariga köra, 2015 yili bu körsatkiç har 100 kmga 7,6 litrgaça pasaygan. Global maqsad esa 2030 yilga kelib uşbu raqamni 4,4 litrgaça pasaytirişdir. 

Benzinli dvigatel özgarişda davom etmoqda

Benzinli içki yonuv dvigatelini yaxşilaş karbyurator örnini elektron injyektor egallaganidan beri töxtab qolgani yöq. Ommaviy işlab çiqarilayotgan avtomobillarda kuçni kamaytirmasdan motor hajmini kiçraytiriş uçun turbokuçaytirgiç köproq qöllanilmoqda. Biroq şu bilaan tejaş körsatkiçlarini ham yanada yaxşilaşga urinişlar ham davom etayapti. 

2018 yili Nissan yonilği aralaşmasi siqilişini kompyuter vositasida boşqarib, «köça» tartibidan «poyga» tartibiga dvigatel içidagi porşenlarning mexanik körsatkiçlarini özgartira oladigan maşinani işlab çiqaradi. Hatto, oddiy maşinalarga tanklar va samolyotlarda bölgani kabi porşenlari qarama-qarşi holatda örnatilgan motorlarni örnatiş takliflari ham mavjud. Tadqiqotçilarga köra, bu samaradorlikni 50 foizga oşiradi. 

Yangi narsa öylab topa olmasangiz aldaş ham mumkin

Ma'lumki, 2015 yili Volkswagen dizel avtomobillarida maxsus dasturiy ta'minotdan foydalandi. U zararli gazlarni ölçaydigan nazorat qiluvçi idoralarni aldaş uçun qöllanilgan. Garçi bu ekologik me'yorlarga rioya qilinişini isbotlaş uçun amalga oşirilgan bölsa-da, aslida maşinalar laboratoriya şaroitlaridagina yoqilğini tejaşgan.