Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U olib qochgan mashinaning yukxonasidan jasad topildi
Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Ropsha aholi punktida 23 sentabr kuni kechqurun yo‘l-transport hodisasini rasmiylashtirish vaqtida mashinalardan birining yukxonasidan ayol kishining jasadi topildi. Rossiya Tergov qo‘mitasidan xabar berishlaricha, mashina olib qochilgan bo‘lgan. Haydovchi qo‘lga olindi.
Mashina mahalliy fuqaroga tegishli bo‘lgan. Tergov qo‘mitasi xabarida yukxonadan uning jasadi topilgani borasida hech narsa deyilmagan. Qotillik moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
47news ma'lumotiga ko‘ra, 23 sentabr kuni ertalab Hyundai Creta markali bu mashinada mahalliy fuqaro Olga Tochennaya qo‘ziqorin terishga yo‘l olgan. U kechqurun qaytib kelmagach, turmush o‘rtog‘i Dmitriy va o‘g‘li Aleksandr ayolni izlay boshlashdi.
Ropshada ular Hyundai’ni payqashgan, biroq mashina rulida noma'lum erkak bo‘lgan. Ular avtomobilni ta'qib qilishni boshlashgan hamda natijada yo‘l-transport hodisasi kelib chiqdi. Keyinchalik yukxonadan topilgan jasad Olga Tochennayaga tegishli ekani aniqlandi.
Nashrning xabar berishicha, qo‘lga olingan shaxsning ismi-familiyasi Zuhriddin Bo‘riyev bo‘lib, u O‘zbekiston fuqarosidir.
Mavzuga oid
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026
Rossiya Ruminiyaga javob chorasi sifatida konsullikni yopmoqda
08:50 / 26.06.2026