17:31 / 26.09.2017
30276

4 ming abituriyent kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha apellyatsiya berdi

Foto: KUN.UZ

2017 yilning 15 avgustidan 4 sentabrga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalari bakalavriatiga kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan 4001 nafar abituriyent apellyatsiya topshirgan. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Arizalar joriy yilning 18 avgust – 18 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2017 yil 14 avgustdagi 6-son bayoni bilan tasdiqlangan fan ekspert guruhlari a'zolari tomonidan bevosita apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyentlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Ariza bergan abituriyentlarning 657 nafari apellyatsiya jarayoniga kelmagan, 248 nafarining hujjatlarida kamchiliklar mavjudligi sababli, apellyatsiya arizalari ko‘rib chiqilmagan, yana bir abituriyent apellyatsiya o‘tkazish tartibini buzgani sababli, jarayondan chetlashtirilgan.

Ko‘rib chiqilgan arizalar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va Davlat komissiyasiga taqdim etildi.

Top