Loyihaga köra, qonuniy kuçga kirgan va yuqori instansiya sudida körib çiqilayotgan sud hujjatlarining ijrosini töxtatib turiş faqat muayyan şartlar asosida amalga oşirilişi mumkin. Jumladan, sud qarorining ijrosini töxtatiş uçun arizaçi qaytarma ijroni ta’minlaş imkoniyati mavjud emasligi yoki bu juda qiyin ekanini asoslab berişi, yoxud moliyaviy ta’minot taqdim etişi lozim böladi.

Şuningdek, apellyatsiya, kassatsiya va taftiş instansiyalarida iş körib çiqilayotgan davrda sud qarorining ijrosi faqat şunday çora körilmasa, hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi qiyinlaşişi yoki umuman bajarib bölmaydigan holatga kelişi mumkin bölgan hollarda töxtatib turilişi mumkinligi belgilanmoqda.

Qonun loyihasi sud qarorlarining öz vaqtida ijro etilişiga erişiş, qarzdorliklarni undiriş jarayonida keçikişlarni kamaytiriş hamda halol faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga tegişli mablağlarning öz vaqtida qaytarilişini ta’minlaşga xizmat qilişi qayd etilgan.

Hujjatga muvofiq, Markaziy bank va boşqa manfaatdor taşkilotlar qonun ijrosini ta’minlaşi hamda uning mazmun-mohiyatini aholi örtasida tuşuntirişi nazarda tutilmoqda. Vazirlar Mahkamasi esa hukumat qarorlarini qonunga muvofiqlaştirişi va tegişli normativ-huquqiy hujjatlarni qayta körib çiqişini ta’minlaydi.