Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar «Bavariya»ga qarshi o‘ynaydi
Foto: L'Equipe
«PSJ» hujumchisi Neymar Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichi ikkinchi turi doirasida «Bavariya»ga qarshi chorshanba oqshomida kechadigan o‘yinda maydonga tushadi. Bu haqda parijliklar klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jurnalistlarga ma'lum qildi.
U o‘tgan hafta oxirida Fransiya chempionati doirasida «Monpele»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmagan, bu unda jarohat borligi bilan izohlangandi.
«Neymar ertangi o‘yinda ishtirok etishga tayyorlanayotgan futbolchilar ichida», deya murabbiyning so‘zlarini keltirgan Reyter.
L'Equipe ma'lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi «Monpele»ga qarshi o‘yinni mashg‘ulotlar vaqtida Hotam Ben Arfa bilan to‘qnashuvda orttirilgan kichik jarohat tufayli o‘tkazib yuborgandi. U ishtirok etmagan o‘yin 0:0 hisobida yakunlangan, parijliklar mavsumda ilk marta ochko yo‘qotgandi.
Mavzuga oid
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
20:47 / 22.04.2026
«Barselona» sobiq hujumchisi Neymar firibgarlik ishi bo‘yicha oqlandi
23:03 / 19.04.2026