O‘zbekiston | 16:41 / 27.09.2017
12347
1 daqiqa o‘qiladi

Bundan buyon tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari diplomida ixtisoslik qayd etiladi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Endilikda O‘zbekistondagi tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining diplomiga ixtisoslik qayd etilishi belgilab qo‘yildi. Bu haqida KUN.UZ muxbiri tibbiy ta'limdagi islohotlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida berilgan ma'lumotga asoslanib xabar berdi. 

 Ta'kidlash joizki, ilgari oliy tibbiy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining diplomlarida ixtisoslik ko‘rsatilmas edi. Buning natijasida esa ichki va tashqi mehnat bozorida o‘ziga xos muammo va salbiy holatlar kuzatilayotgandi. 

Bitiruvchi diplomiga ixtisoslik qayd etilishi  orqali tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining yetakchi xorijiy tibbiy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlarda malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash borasida duch kelinayotgan tushunmovchiliklarga ham barham beriladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid