O‘zbekiston | 19:14 / 29.09.2017
40420
2 daqiqa o‘qiladi

GM Uzbekistan avtomobillar sotuvining Yagona portalini ishga tushiradi

“O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi GM Uzbekistan korxonasi o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarni onlayn sotish borasida yagona portal — Chevrolet.uz’ni ishga tushiradi. Ushbu xizmat yordamida real vaqt rejimida kerakli avtomobil rusumi, uning konfirguratsiyasi, rangi, zarur butlovchi qismlari, shuningdek, uni xarid qilishga buyurtma berish uchun eng yaqin avtosalonni ham tanlash mumkin.

Bu haqda GM Uzbekistan bugun o‘tkazgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Portal orqali xaridorlar atvomobil xarid qilishga buyurtma tashlash, shartnoma rasmiylashtirish va to‘lov qilish uchun o‘z navbati yaqinlashayotganini kuzatishlari mumkin. Yil so‘ngiga qadar shartnomalarni onlayn ro‘yxatga olish va ehtiyot qismlarni ham onlayn xarid qilish xizmatlari ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Uzinfocom markazi bilan hamkorlikda yaratilayotgan portalning ishga tushirilishi avtomobil xarid qilishning barcha bosqichlarida shaffoflikni ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Keyingi bosqichda yagona portalning mobil ilovalari ham yaratiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid