Farmonga köra, 2025 yil 1 noyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) jismoniy şaxslarning belgilangan şaxsga doir ma’lumotlari ularning şaxsiy kabineti orqali real vaqt rejimida taqdim etiladi. Bunda:
▪️ jismoniy şaxsning Yagona portaldagi şaxsga doir ma’lumotlari ularning qoğoz şakliga tenglaştiriladi;
▪️ uşbu ma’lumotlar Yagona portalning mobil ilovasidan foydalangan holda körsatilganda davlat organlari va taşkilotlari tomonidan mazkur ma’lumotlarning qoğoz şaklini talab qiliş taqiqlanadi.
Şuningdek, 2025 yil 1 noyabrdan:
🔹 davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilinganda pensioner, homilador ayollar va 3 yoşga tölmagan bolasi bilan kelgan fuqaroga davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalaniş böyiça imtiyoz beriladi;
🔹 jismoniy şaxslarni yagona identifikatsiya tizimidan (OneID) röyxatdan ötkazişda muqobil tarzda şaxsni biometrik identifikatsiya qiliş (Face ID) tartibi yölga qöyiladi;
🔹 davlat xizmatlari markazlariga Yagona portal orqali joriy etilgan barça davlat xizmatlari böyiça aholi va tadbirkorlarga xizmat körsatiş huquqi beriladi.











