Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Prezidenti Moskva va Butun Rus Patriarxini qabul qildi
Foto:president.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 sentabr kuni Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirillni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari yuqori martabali mehmonni qutlar ekan, Rus pravoslav cherkovi rahbarining O‘zbekistonga tashrifi mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi an'anaviy yaqin va do‘stona aloqalarni mustahkamlashda muhim voqea ekanini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi oliy va yuqori darajadagi faol muloqot barcha yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikka jadal sur'at bag‘ishlagani, ikki tomonlama aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘targani alohida ta'kidlandi.
Patriarx Kirillning tashrifi mamlakatlarimizda millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutishiga alohida e'tibor qaratildi.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025