Sport | 18:12 / 01.10.2017
4785
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» – «Las-Palmas» o‘yini Kataloniyadagi notinch vaziyat tufayli qoldirildi

Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida «Barselona» va «Las-Palmas» klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuv noma'lum muddatga qoldirildi.

El Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, bunday qarorga Kataloniya mustaqilligi uchun o‘tkazilayotgan referendum vaqtida Barselonada ro‘y bergan to‘qnashuvlar tufayli yuzaga kelgan notinch vaziyat sabab bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, ko‘k-anorranglilar jamoasi futbolchilari «Kamp Nou»ga kelishgan, ammo o‘yin qoldirilganidan xabar topishgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid