Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundesliga. Anchelottisiz "Bavariya" ilk o‘yinda ochko yo‘qotdi
Foto: Twitter/FCBayern
Germaniya chempionatining 7-turida "Bavariya" mehmonda "Herta"ga qarshi maydonga tushdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
10-daqiqada Xummels hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 4-daqiqasida Levandovski oradagi farqni oshirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tgach, Duda mezbonlarning 1-golini kiritdi. 56-daqiqada Kalu hisobni tenglashtirdi.
Ma'lumot uchun, bugun "Bavariya" Karlo Anchelotti iste'fosidan so‘ng ilk o‘yinini o‘tkazdi. Jamoaga Villi Sanol boshchilik qildi.
Herta – Bavariya 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 10 Xummels, 0:2 – 49 Levandovski, 1:2 – 51 Duda, 2:2 – 56 Kalu.
Herta – Yarsteyn, Rekik, Shtark, Plattenxardt, Vayzer, Shelbred, Darida (Lustenberger, 80), Duda (Lazaro, 75), Lekki, Xaraguti (Essvayn, 87), Kalu.
Bavariya – Ulrayx, Xummels, Boateng (Zyule, 79), Alaba, Martines, Tolisso, Kimmix, Robben (Alkantara, 59), Riberi (Koman, 62), Myuller, Levandovski.
Ogohlantirishlar: Tolisso (52), Kimmix (72).
Mavzuga oid
05:33 / 27.11.2025
YeChL. Gigantlar jangida «Arsenal» «Bavariya»ni yakson etdi
13:21 / 05.11.2025
«Liverpul» «Real»ga imkon qoldirmadi, «Arsenal» va «Bavariya»ni to‘xtatib bo‘lmayapti
23:41 / 18.10.2025
Der Klassiker «Bavariya» g‘alabasi bilan yakunlandi
10:34 / 18.09.2025