Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentabrdagi «Fiskal xotirali nazorat-kassa maşinalarini qöllaş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga şarh e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 72-moddasiga muvofiq Özbekiston Respublikasi hududida tovarlarni realizatsiya qiliş, işlar bajariş va xizmatlar körsatişda naqd pul bilan hisob-kitob qiliş Nazorat-kassa maşinalarining davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa maşinalarini majburiy qöllagan holda amalga oşiriladi.

Fiskal xotirali nazorat-kassa maşinalarining qöllanilişi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi 306-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomlar bilan tartibga solinadi.

Tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan aholi bilan naqd pulda amalga oşirilgan hisob-kitoblar töğrisidagi ma'lumotlar nazorat-kassa maşinalarining fiskal xotirasida saqlanadi.

Hozirgi paytda tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan hisoblanadigan soliq va boşqa majburiy tölovlar summasini kamaytiriş, naqd pul tuşumlarini bank kassalariga topşirmasdan yaşiriş maqsadida xaridorlarga nazorat-kassa maşinasi çekini bermaslik, nazorat-kassa maşinasini nosoz holatga keltiriş, fiskal xotiradagi ma'lumotlarni qasddan özgartiriş, nazorat-kassa maşinalarini yöqotiş orqali amalga oşirilgan tovar aylanmalari töğrisidagi ma'lumotlar soxtalaştirilmoqda.

Bundan taşqari, yirik savdo tarmoqlarida tovarlar hisobini yuritiş, xaridorlarga nazorat-kassa maşinasidan çek beriş yagona kompyuter tizimi orqali amalga oşirilişi sababli ulardagi naqd pul tuşumlari töğrisidagi ma'lumotlarning işonçliligi kafolatlanmaydi.

Naqd pul tuşumlarining haqiqiy hajmini aniqlaş maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari juda köp vaqt talab etiladigan xronometraj tadbirlariga muntazam ravişda jalb qilinmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi «Soliq ma'muriyatçiligini tubdan takomillaştiriş, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarning yiğiluvçanligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5116-son Farmoni bilan davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etişning muhim yönalişlaridan biri sifatida soliq ma'muriyatçiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilğor avtomatlaştirilgan tahlil uslublarini keng joriy etiş, soliq tölovçilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub'yektlariga töğridan-töğri muloqotsiz elektron xizmat körsatişga töliq ötiş belgilangan.

Uşbu vazifalar, şuningdek, yuqoridagi Farmon bilan tasdiqlangan «Davlat soliq xizmati organlari faoliyati va soliq ma'muriyatçiligining samaradorligini oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi»ning 8-bandi ijrosini ta'minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Fiskal xotirali nazorat-kassa maşinalarini qöllaş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.