2018 yilning 1 yanvar kunidan boşlab Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida 500 tadan 1000 tagaça bölgan onlayn nazorat-kassa maşinalari tajriba-sinov tariqasida amaliyotga joriy etiladi.

2018 yilning 1 iyuli kunidan uşbu hududlardagi barça yuridik şaxslar, 1 dekabrdan esa barça yuridik va jismoniy şaxslar tovarlarni realizatsiya qiliş, işlarni bajariş va xizmatlar körsatişda aholi bilan naqd puldagi hisob-kitoblarni majburiy tarzda faqat onlayn nazorat-kassa maşinalarini qöllagan holda amalga oşiriş bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.

Mazkur qarorning qabul qilinişi xaridorlarga berilgan nazorat-kassa maşinalari çeklarining markazlaşgan elektron ma'lumotlar bazasini yaratadi. Nazorat-kassa maşinalaridan foydalanmayotgan savdo şoxobçalarini onlayn rejimda aniqlab, tezkor çoralar körişga imkon beradi. Şuningdek, nazorat-kassa maşinalari orqali xaridorlarga berilgan çeklar haqidagi ma'lumotlarni qasddan özgartiriş, tuşum summasini kamaytiriş, nazorat-kassa maşinalarini yöqotiş, buziş yoki röyxatdan ötmagan nazorat-kassa maşinalaridan foydalaniş, şuningdek, ikkilamçi buxgalteriya yuritiş kabi holatlarga çek qöyiladi.

Şuni ham aytib ötiş kerakki, onlayn nazorat-kassa maşinalarining amaliyotga tatbiq etilişi tadbirkorlik sub'yektlarining naqd pul tuşumi bilan boğliq faoliyatiga aralaşiş va turli xil nazorat tadbirlari ötkazilişining kamayişiga ham olib keladi.

Bugungi kunda Qaşqadaryo viloyatida 11 ming 681 ta naqd pul tuşumiga ega savdo va pulli xizmat körsatiş şoxobçalari faoliyat körsatmoqda. Davlat soliq qömitasi Axborot xizmati e'lon qilgan ma'lumotga köra, joriy yilning ötgan davri mobaynida ular tomonidan bank kassalariga 931 milliard sömdan ortiq naqd pul mablağlari topşirilgan.

«Albatta, uşbu mablağlar bank kassalariga öz-özidan tuşayotgani yöq. Bu davlat soliq xizmati organi xodimlari tomonidan sub'yektlarda kun davomida naqd savdo pulining nazorat-kassa maşinasiga kirim qilinişiga qaratilgan xronometraj tadbirlarning muntazam ötkazilayotganligi samarasidir», deyiladi Axborot xizmati tarqatgan xabarda.

Ayni paytda şuni ham afsus bilan aytiş kerakki, tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan hisoblanadigan soliq va boşqa majburiy tölovlar summasini kamaytiriş, naqd pul tuşumlarini bank kassalariga topşirmasdan yaşiriş maqsadida xaridorlarga nazorat-kassa maşinasi çekini bermaslik, nazorat-kassa maşinasini nosoz holatga keltiriş, fiskal xotiradagi ma'lumotlarni qasddan özgartiriş, nazorat-kassa maşinalarini yöqotiş orqali amalga oşirilgan tovar aylanmalari töğrisidagi ma'lumotlarni soxtalaştiriş kabi holatlar hamon uçrab turibdi.