Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yurak xurujini 20 daqiqada aniqlab bera oluvchi qon tahlili ishlab chiqildi
Londondagi Kings-Kollej olimlari 20 daqiqada insonning yurak xurujiga yo‘liqqan yoki yo‘qligini aniqlab bera oluvchi qon tahlilini ishlab chiqishdi. Bunday tezkorlik shifoxonadagi bemorlarga tezroq ruxsat berish imkonini yaratadi. Natijada shifoxonalar millionlab pullarni tejab qoladi, deyishadi olimlar. BBC shu haqida xabar berdi.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, shifoxonada yurak xuruji gumon qilinib joylashtirilgan bemorlarning uchdan ikki qismining yurak sohasidagi og‘riqlar aynan xurujga bog‘liq emas. Bu ularni shuncha vaqtdan beri shifoxonada ushlab turishning hojati bo‘lmaganini anglatadi. Biroq hozir inson yurak xurujini boshdan kechirganmi yoki yo‘q - tezkor aniqlash usulining o‘zi yo‘q.
Elektrokardiografiya (EKG) jiddiy xurujlarni ko‘rsatishga qodir, biroq kichiklarini o‘tkazib yuboradi, holbuki ular ham hayot uchun xavfli. Shuningdek muqobil qon testi ham mavjud. U troponin uchun tadqiq qilinadi, lekin bunday testni uch soatdan keyin takrorlash kerak bo‘ladi. Shunday ekan, bunday tahlilni ham tezkor va universal deb bo‘lmaydi.
Angliyalik olimlar uning tezkor muqobilini ishlab chiqishdi. Ularning yangi qon tahlili 20 daqiqada yurak xurujini aniqlay oladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu noto‘g‘ri tashxis qo‘yilishining oldini oladi.
Mavzuga oid
17:41 / 11.02.2026
2026 yilgi test imtihonlarida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
11:46 / 20.10.2025
50 turdagi saratonni erta bosqichda aniqlovchi qon tahlili sinovdan o‘tkazildi
07:50 / 13.08.2025
O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanasi belgilandi
09:41 / 24.07.2025