Adliya vazirligi Ovçilik guvohnomasini oliş uçun talabgorlarni öquv kurslarida öqitiş tartibi töğrisidagi nizomni davlat röyxatidan ötkazdi (röyxat raqami 3887, 2026 yil 3 iyul).

Nizomga muvofiq, talabgorlar Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi “Ekohudud va ovçilikni rivojlantiriş departamenti” davlat muassasasi yoki u bilan şartnoma tuzgan ta’lim muassasalarida 10 soatlik öquv kurslarida tahsil oladi.

Öquv maşğulotlari bevosita auditoriyalarda yoki masofaviy ta’lim şaklida taşkil etiladi. Talabgorlar yil davomida elektron yoki yozma şaklda ariza topşiriş imkoniyatiga ega böladi.

Kurslar 20–30 nafardan ortiq bölmagan tinglovçilardan iborat akademik guruhlarda ötkaziladi. Maşğulotlar ma’ruza va seminar şaklida taşkil qilinib, har bir darsning davomiyligi 80 daqiqani taşkil etadi.

Nizomga köra, öquv kurslari yakunida komissiya tomonidan test şaklida imtihon ötkaziladi. Tinglovçilar 100 ballik tizim asosida baholanadi va kamida 70 ball (70 foiz) töplaganlarga sertifikat beriladi.

Mazkur nizom 2026 yil 3 avgustdan kuçga kiradi.