Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dori-darmonlarning sun'iy taqchilligi, import qilishda ortiqcha tartib-taomillarga chek qo‘yiladi
O‘tgan yilning 31 oktabrida mamlakatimiz rahbarining «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi. Ushbu hujjat doirasida bir qator ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Ayniqsa, narx belgilash bilan bog‘liq yangi tartib-qoidaga ko‘ra, dori vositalarining narxi sezilarli pasaydi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, xalqimizni sifatli va arzon dori vositalari bilan ta'minlash tizimi takomillashtirildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatining KUN.UZ’ga bergan ma'lumotiga ko‘ra, olib borilayotgan monitoring ishlari, kelib tushayotgan murojaatlar dori-darmon ta'minoti va narxi masalasida hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar borligini ko‘rsatmoqda.
Shu nuqtai nazardan, joriy yilning 17 iyulida «Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori imzolandi. Mazkur hujjat avvalgisining mantiqiy davomi sifatida joriy etilmoqdaki, bunda o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab masalalar qamrab olingan. Xususan, hujjatda aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan uzluksiz ta'minlash, sun'iy taqchillik va narxlarning oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilangan.
Shunday tadbirlardan biri 2017 yil 1 avgustdan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish istisno tariqasida «O‘zmedeksport» respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi tomonidan Tibbiyot muassasalari va aholini dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashni nazorat qilish bo‘yicha respublika komissiyasi tasdiqlaydigan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha tender savdolari o‘tkazilmasdan amalga oshirilishi bo‘ldi.
Buning amaliy ahamiyati shundaki, ilgari xorijdan xarid qilinayotgan dori vositalari toki yurtimizga kiritilib, dorixonalarga tarqatilguniga qadar bir necha bosqichlardan o‘tardi. Natijada, ortiqcha rasmiyatchiliklar sabab, zarur dori belgilangan muddatidan kechikib yetib kelardi. Dori vositalarining tender savdolarisiz xarid qilinishi ayni shu masalaga yechim bo‘lishi kutilmoqda.
Kuni-kecha «O‘zmedeksport» respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Rossiya Federatsiyasining «Farmstandart» aksiyadorlik jamiyati bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi. Memorandumning maqsadi dori-darmon ta'minoti bo‘yicha tomonlar uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan uzoq va ishonchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir. Hujjatga ko‘ra, ushbu memorandumning amal qilish muddati uch yil etib belgilandi.
Ma'lumot uchun, Rossiya Federatsiyasining «Farmstandart» aksiyadorlik jamiyati dori-darmon tayyorlash va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yirik farmatsevtik kompaniya hisoblanadi. U yiliga 17 milliarddan ortiq o‘ramdagi ko‘plab turdagi dori-darmon ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Mavzuga oid
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
14:26 / 28.05.2026