Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini optimallashtirgan holda Markaziy Osiyoga yetkazib berishga ko‘rsatma berdi
Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev mamlakat transport vazirligi va qishloq xo‘jaligi vazirligiga "Rossiya temir yo‘llari" bilan hamkorlikda temir yo‘l transporti vositasida qishlq xo‘jaligi mahsulotlarini Markaziy Osiyo yo‘nalishi bo‘ylab yuborishni optimallashtirishga ko‘rsatma berdi. Bunda yetkazib berish qiymati va muddatiga alohida e'tibor berish belgilandi. Rossiya hukumati saytida shu haqda ma'lum qilingan.
"Rossiya transport vaziriga (M.Yu.Sokolov), Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziriga (A.N.Tkachyov) «Rossiya temir yo‘llari» OAJ bilan hamkorlikda va sohaviy uyushmalar (assotsiatsiyalar) bilan ishtirokida eksport qilinuvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini temir yo‘l transporti yordamida Markaziy Osiyo mamlakatlari yo‘nalishida tashishni optimallashtirish masalasini, yetkazib berish qiymati va muddatini e'tiborga olgan holda ishlab chiqsin. Natijalar xususida Rossiya federatsiyasi hukumatiga axborot berilsin", - deyiladi xabarda.
Avvalroq, RF hukumati rahbari o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich, Rossiya vazirlar mahkamasi qishloq xo‘jaligi va baliq mahsulotlari eksportiga doir logistika xarajatlarining bir qismini qoplashini bildirgan edi.
Mavzuga oid
10:40
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026