Sport | 09:30 / 06.10.2017
14542
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 saralashi. Argentinada vaziyat yanada og‘irlashdi

Argentina terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichining oxirgidan oldingi turida Peruni o‘z maydonida qabul qildi.

Buenos-Ayresda o‘tkazilgan uchrashuvda gol urilmadi - 0:0.

Bu natijadan keyin oxirgi tur arafasida KONMeBOL mintaqasida Argentina beshinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa tushdi. Messi va jamoadoshlari 17 o‘yindan 25 ochko jamg‘argan. Argentinaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi Peru ham 25 ochko to‘plagan va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 5-pog‘onada.

9 turdan keyin Braziliya 38 ochko bilan peshqadam, Neymar va jamoadoshlari allaqachon yo‘llanmani naqd qilishgan. Ikkinchi o‘rinda, Urugvay (28 ochko), uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda 26tadan ochko to‘plagan Chili va Kolumbiya joylashgan.

Oxirgi turda 10 oktabr kuni Argentina safarda Ekvador bilan o‘ynaydi, peruliklarni esa Kolumbiya kutmoqda.

Reglamentga ko‘ra Janubiy Amerikadan 2018 yilgi jahon chempionatiga guruhdagi dastlabki 5 terma jamoa yo‘l oladi, beshinchi o‘rin sohibi esa pley-offda Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushadi.

JCh-2018 saralashi
Janubiy Amerika
17-tur

Argentina – Peru 0:0 (0:0, 0:0)
Argentina – Romero, Otamendi, Maskerano, Merkado, Akunya, Bigliya, Banega (Gago, 60; Peres, 66), Gomes, Di Mariya (Rigoni, 46), Benedetto, Messi.
Peru – Galese, Rodriges, Arauxo, Trauko, Yotun, Penya (Kartaxena, 53), Tapiya (Akino, 78), Farfan (Polo, 70), Korso, Flores, Gerrero.
Ogohlantirishlar: Bigliya (14), Farfan (22), Tapiya (37), Gerrero (60), Akunya (90).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid