Jahon | 08:38 / 07.10.2017
9124
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi harbiy bazada avtomobil harbiylarni bosib ketdi

Foto: Chris Keane / Reuters

AQShning Shimoliy Karolina shtati, Kolumbiya shahrida joylashgan Fort Jackson harbiy bazasida haydovchi avtomobilda bir guruh harbiylarni urib yubordi. Bu haqda USA Today nashri xabar bermoqda. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 harbiy halok bo‘lgan, yana 6 nafari jarohat olgan.  

Harbiylar bergan xabarda ta'kidlanishicha, jarohatlanganlardan 2 nafarining ahvoli og‘ir. Voqeaning qolgan tafsilotlari keltirilmagan. Shuningdek, harbiylarni urib yuborgan avtomobil turi hamda YTH sabablari ma'lum qilinmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid