Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 5 yil ichida 1,3 millionga yaqin amaldor poraxo‘rlik uchun jazolangan
Foto: © RIA Novosti
Xitoyda keyingi 5 yil davomida yirik aksilkorrupsiya kampaniyasi doirasida partiya xodimlaridan 1,3 million nafari jazolangan. Bu haqda yakshanba kuni XXR Kommunistik partiyasining Markaziy komissiyasi ma'lum qildi.
Jazolanganlarning aksari past lavozimli mansabdorlar bo‘lib, ulardan 648 ming nafari qishloq mansabdorlari hisoblanadi. Ular tomonidan sodir etilgan korruptsion jinoyatlar o‘ta yirik baholanmagan.
Asosiy tergov ishlari yuqori bo‘lmagan lavozim mansabdorlariga nisbatan olib borilgan bir vaqtda, so‘nggi 5 yilda Xitoy kommunistik partiyasining yuqori mansabli a'zolari korrupsiya jinoyatlar va partiya intizomini buzganlik uchun javobgarlikka tortilgan.
Komissiya ma'lumotlariga ko‘ra, keyingi 5 yil ichida mamlakat bo‘yicha qariyb 155 mingta partiya tashkiloti tekshiruvdan o‘tkazilgan. Komissiya tergov uchun mansabdorlar jalb qilingan 65 mingdan ortiq korruptsion ishni sud instansiyalariga oshirgan.
Korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli kurash Si Jinping 2012 yili Xitoy Kommunistik partiyasining bosh kotibligiga kelganida boshlangan, u 2013 yili Xitoy Xalq respublikasi raisligiga kelgach, kampaniya avj olgandi.
Mavzuga oid
18:28 / 03.02.2026
Xitoy xavfsizlik nuqtai nazaridan barcha elektromobillarda yashirin eshik tutqichni taqiqladi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026