Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘yliq massivi tomon harakatlanuvchi metro qurilishiga start berilmoqda
Toshkent shahrining "Do‘stlik" ("Chkalov") metro bekatidan Qo‘yliq massiviga olib boruvchi metro liniyasi qurilishi boshlanmoqda. Facebook ijtimoiy tarmog‘ining "Tashkent stroitsya" (Tashkent is under construction) guruhida mavzuga doir suratlar va ma'lumotlar taqdim etildi.
Manbaga ko‘ra, yangi metro liniyasi «O‘zbekiston» yo‘lining «Do‘stlik» bekatidan boshlanadi va u estakada ko‘rinishida bo‘ladi.
Qo‘ylik tomon harakatlanuvchi metro yo‘nalishi qurilishiga shu kunlarda, ya'ni 2017 yilning oktabrida start berilishi kutilmoqda.
Bundan avval O‘zbekiston poytaxtida metropoliten uzunligini 160 kilometrgacha ko‘paytirish rejalashtirilgani, ular uchun 20 dan ortiq yangi bekat va bitta metropoliten tarmog‘i qurilishi haqida xabar berilgan edi. Birinchi 10 bekat qurilishi 2030 yilga qadar tugallanadi.
Ta'kidlanishicha, metro yer ustida bo‘ladi, tunnellar uzunligi 22 kilometrni tashkil etadi. Umuman olganda, Toshkent metrosining uzunligi 160 kilometrgacha oshadi, hozirda poytaxt metropoliteni 36,2 kilometrga teng va 29 ta bekatga ega.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropoliteni 1977 yilda ochilgan va Markaziy Osiyodagi birinchi metroga aylangan. Poytaxt metropoliteni uch tarmoqdan iborat bo‘lib, uning yo‘lovchi tashish hajmi kuniga 168 ming kishini tashkil etadi. Toshkent metropoliteni hozircha faqat yer osti bekatlaridan iborat.
Mavzuga oid
18:45 / 25.04.2026
Biznes-ombudsman Toshkentning dizayn-kodi masalasida e’tiroz bildirdi
20:48 / 24.04.2026
Toshkentda avtobuslar uchun yana 16 ta yo‘nalish tashkil etilib, 70 ta yangi bekat quriladi
22:00 / 23.04.2026
Prezident Toshkentdagi Bog‘imaydon mahallasida bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
20:12 / 23.04.2026