Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi auksionda Jon Kennediga tegishli buyumlar sotildi
Foto: Getty Images
Nyu-Yorkdagi Guernsey's auksionida AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining shaxsiy buyumlari sotildi.
Savdolarda Kennediga tegishli bo‘lgan kater 75 ming dollarga pullandi. Gap 5 metrlik Restofus nomli kater haqida ketmoqda. Kater qizil yog‘ochdan 1961 yilda Century kompaniyasi tomondan qurilgan. Dastlab bu kater JFKning otasi Jozef Kennediga tegishli bo‘lgan, uning o‘limidan keyin esa Jonga tekkan. Kater Jonning o‘limidan so‘ng uning ukasi Edvardga nasib qilgan. Avvalboshdan ushbu kater 100-150 ming dollarga baholanayotgandi, biroq bu narxga unga xaridor topilmagan. Katerning yangi egasi noma'lum bo‘lib qolishni istagan.
Shuningdek, auksionda Kennedi uchun belidagi og‘rig‘i sababli maxsus tayyorlangan ikkita kursi 10 ming va 30 ming dollardan sotildi.
Mavzuga oid
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
07:58 / 18.12.2025
450 mln dollarlik rekord: auksionlardagi eng qimmat 20 ta san’at asari
18:39 / 05.12.2025
Kimoshdi savdosida eng qimmat narxda sotilgan avtomobil ma’lum bo‘ldi
14:56 / 29.10.2025