Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. fuqaro J.Q.ning ishonchiga kirib, tuman hududidan auksion savdolari orqali 22,5 sotix yer maydoni olib berishi evaziga 130 mln so‘m mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Tekshiruv materiallariga ko‘ra, gumonlanuvchi go‘yoki Yagona Raqamli Platforma Dav Xizmati MChJ nomidan to‘lov amalga oshirilgani hamda E-AUKSION elektron tizimida g‘olib bo‘lingani to‘g‘risida qalbaki hujjatlar tayyorlab bergan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.