O‘zbekiston | 19:05 / 11.10.2017
12853
1 daqiqa o‘qiladi

«KAMAZ» zavodi​ UzAuto Trailer kompaniyasiga shassi yetkazib ber​adi

«KAMAZ» zavodi O‘zbekistondagi UzAuto Trailer kompaniyasiga shassi yetkazib berishi bo‘yicha shartnoma imzolandi. Mazkur kelishuv O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Tataristonga tashrifi davomida amalga oshdi, deb xabar beradi rus mahalliy nashrlari.

Tataristondagi avtozavodga tashrif buyurgan mehmonlarga old kabina qismni yig‘ish va asosiy konveyerdagi ish jarayonlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, «KAMAZ» ilmiy markazidagi maxsus maydonchada texnik vositalarning bir nechtasida test-drayv sinovlari o‘tkazildi.

Zavod ma'muriyatining aytishicha, yetkazib berilishi nazarda tutilgan shassilar va shartnomaning boshqa bandlari keyinroq ommaga tanishtiriladi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasidagi turli tarmoqlarda ishlatiladigan maxsus texnik vositalarga o‘rnatilgan holda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid