Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Vetnamga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Vetnam prezidentiga hamdardlik maktubi yo‘lladi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vetnamning shimoliy va markaziy mintaqalarida vayronkor toshqin yuz berib, ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Chan Day Kuangga ta'ziya izhor etdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Vetnamning markaziy va shimoliy qismida kuzatilayotgan suv toshqinlari oqibatida 40 kishi halok bo‘lgan va 22 kishi bedarak yo‘qolgan.
Suv toshqinidan Txanxoa va Ngean, shuningdek mamlakat shimolidagi Shonla, Xoabin, Yyenbay provinsiyalari eng ko‘p zarar ko‘rgan. Mazkur hududlarda 1,2 mingta uy vayron bo‘lgan, avtomobil yo‘llari buzilgan.
Mavzuga oid
10:54 / 26.06.2026
Tog‘li va tog‘oldi hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
21:00 / 07.05.2026
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi
09:15 / 04.05.2026