Jahon | 23:37 / 13.10.2017
11053
1 daqiqa o‘qiladi

Rekord: AQSh aholisining 40 foizi semizlikdan aziyat chekadi

Foto: AP Photo / Mark Lennihan

Semizlikdan aziyat chekuvchi katta yoshli amerikaliklar soni umumiy aholining deyarli 40 foizini tashkil qilib, tadqiqotlar tarixi davomidagi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. AQSh tibbiy statistika milliy markazi ma'ruzasida shu haqida xabar berildi. 

Hisobotga ko‘ra, 2015-2016 yilda semizlikdan aziyat chekuvchi katta yoshli amerikaliklarning soni 1990-2000 yilga nisbatan 30 foizga oshgan. 2-19 yoshdagi amerikaliklar ham semizlik muammosiga duch kelishmoqda: bu yosh guruhidagilarning 18,5 foizi semizlikdan aziyat chekadi, bu ko‘rsatkich 15 yilda 33 foizga oshgan. Biroq 2013-2014 yillardagi ko‘rsatkichlar u qadar keskin farq qilmagan, o‘shanda katta yoshlilarning 39,6 foizi va bolalarning taxminan 17 foizida ushbu kasallik qayd etilgan.

Hisobotga ko‘ra, semizlikdan aziyat chekuvchi ayollar va erkaklar soni deyarli bir xil. Ta'kidlash joizki, 20-39 yoshdagilarga nisbatan 40-59 yoshlilar orasida semizlikdan aziyat chekuvchilar foizi yuqoriroq. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid