Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Voronejda chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan juftlik pulga O‘zbekistonga chipta sotib olmoqchi bo‘lgan
Voronejda yashovchi ikki O‘zbekiston fuqarosi odam savdosi bilan bog‘liq jinoiy ish ishtirokchisiga aylangani xabar berilgandi. 29 yoshli ayol va uning 39 yoshli turmush o‘rtog‘i o‘z qizini 30 ming rublga sotmoqchi bo‘lishgan. Juftlikning so‘roq chog‘ida ma'lum qilishicha, bolani O‘zbekistonga chipta sotib olish uchun sotib yubormoqchi bo‘lishgan.
Bolaning xaridori sifatida o‘zini tanishtirgan shaxs esa aslida politsiya maxsus bo‘limining tezkor xodimi bo‘lib chiqqan, u 10 oktabr kuni Gazovaya ko‘chasida chaqaloqning ota-onasiga pullarni topshirgan hamda ulardan tilxat olgan. Keyinchalik O‘zbekistonning ikki fuqarosi qo‘lga olingan.
Rossiya Tergov qo‘mitasining Voronej viloyati bo‘yicha vakili Yelena Manukovskayaning xabar berishicha, ota-ona chaqaloqni 30 ming rublga baholagan. «Sudning ularni qamoqqa olish bo‘yicha qarori chiqarilishi kutilmoqda. Chaqaloq shifoxonaga olib ketildi, hozir u o‘sha yerda», - degan Yelena Manukovskaya.
Tergov versiyasiga ko‘ra, joriy yilning 8 sentabrida ayol qiz farzandli bo‘lgan, biroq uni tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmagan.
O‘zbekiston fuqarolari RF JKning 30-moddasi 3-qismi, 127-modda 2-qismining "b, z" bandlari bo‘yicha ayblanmoqda.
Mavzuga oid
21:16 / 24.06.2026
Rossiya propagandasi Voronejga zarbani e’tiborsiz qoldirdi
16:13 / 22.06.2026
Ukraina Voronejdagi mudofaa zavodiga hujum qildi – fotolar
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
09:34 / 18.04.2026