Bolalar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishlari uchun nima yeyishlari kerakligi aniqlandi
Miyaning qisqa vaqtga faolligini oshirish uchun bolalar imtihon oldidan chernika yeyishlari kerak ekan. Bunday fikrga Britaniyaning Reding universiteti olimlari kelishdi. Ular o‘tkazgan tadqiqot natijalari haqida The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Olimlar kichik yoshdagi bolalar guruhiga topshiriq berishdi: bolalar kompyuter erkanidagi strelkalarni kuzatib, ularning yo‘nalishiga (chap, o‘ng, yuqori, past) mos tugmani bosishlari kerak bo‘lgan.
Topshiriq oldidan chernika sharbatli ichimlik ichgan bolalar topshiriqni boshqa bolalarga nisbatan 10 foizga aniqroq va tezroq bajarishgan.
Chernikaning foydali tomonlari, misol uchun, yallig‘lanishga qarshi samarasi haqida avval ham ma'lum bo‘lgan, biroq yangi tadqiqot bu rezavor o‘simlik aqliy malakalarga ham ijobiy ta'sir qilishini isbotladi.
Mavzuga oid
14:24 / 06.11.2024
“Nega ustimizdan kulishyapti?” – fizika o‘qituvchilari attestatsiya imtihonidan norozi
16:48 / 04.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun imtihonlarning yagona narxlari belgilanadi
17:32 / 08.08.2024
Davlat imtihonlarida qancha abituriyent 189 va undan yuqori ball olgani ma’lum qilindi
18:54 / 01.08.2024