8 avgust kuni Bilimlarni baholaş agentligi davlat imtihonining ilk natijalari böyiça matbuot anjumani ötkazdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Ma’lum qilinişiça, 2024/2025 öquv yili uçun ötkazilgan test sinovlarida 740 352 nafar abituriyent iştirok etgan bölib, ularning 418 ming nafardan ortiği yoki 56,5 foizi 56,7 dan yuqori ball töplab, tanlovda iştirok etiş huquqiga ega bölgan. Bu körsatkiç 2023 yilda 53,3 foiz edi.

Agentlik direktor örinbosari Farhod Mirzayevning ma’lum qilişiça, abituriyentlarning 210 nafari 189 va undan yuqori ball töplagan. 189 dan yuqori ball töplagan 91 nafar abituriyent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvçilari bölgan. Eng yuqori ball 217,4 bölib, uni asosiy fanlari tarix va çet tili bölgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvçisi qayd etgan.

Ma’lumot uçun, 2023 yilda 189 dan yuqori ball töplaganlar 119 nafar bölgan.

Şuningdek, 189 va undan yuqori ball töplagan 210 nafar abituriyentning:

  • 77 nafari imtihon topşirgan fanlar majmuasidagi asosiy fanlari tarix va çet tili bölgan;
  • 43 nafari imtihon topşirgan fanlar majmuasidagi asosiy fanlari biologiya va kimyo bölgan;
  • 40 nafari imtihon topşirgan fanlar majmuasidagi asosiy fanlari ona tili va adabiyot hamda ingliz tili bölgan;
  • 21 nafari imtihon topşirgan fanlar majmuasidagi asosiy fanlari davlat huquq asoslari va çet tili bölgan abituriyentlar hisoblanadi.

Bundan taşqari, Mirzayev test sinovlarida iştirok etgan abituriyentlarning qançasi milliy sertifikatga ega bölgani haqida ham ma’lumot berdi. Unga köra, abituriyentlarning 43 677 nafari (2023 yilda 25 661 nafar) çet tili sertifikatiga ega bölgan. Ularning 76 nafari maksimal ball töplagan.

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega bölgan abituriyentlar esa 13 142 nafarni (2023 yilda 3 255 nafar) taşkil etib, ulardan 118 nafari maksimal ball olgan. Ham umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga, ham çet tili sertifikatiga ega bölgan abituriyentlar soni 4 259 nafar (2023 yilda 355 nafar) bölib, şundan 74 nafari maksimal ball töplagan.

Eslatib ötamiz, abituriyentlar 2024 yil 27 iyuldan 10 avgustgaça Bilimlarni baholaş agentligining rasmiy veb-saytida beştagaça oliy ta’lim muassasasi va bakalavriat ta’lim yönalişlarini tanlaşlari mumkin. Bunda ularga oldingi yillardagi ötiş ballarini körib çiqiş tavsiya etilgan edi.