Huquq fanidan davlat imtihonida qatnaşgan abituriyentlarning noroziligi davom etyapti. Ular Bilimlarni baholaş agentligi darslikka kiritilmagan savollardan foydalangani, testlarda töğri javoblar soni bir neçta ekani, imtihondagi testlar namunaviy testlardan farq qilganini aytyapti.

Huquq fanidan test yeçgan abituriyentlar imtihondan ança norozi kayfiyatda çiqişgan. Bir guruh abituriyentlar va ularning öqituvçisi Kun.uz’ga murojaat qilib, huquq fanidan darslikka kiritilmagan ma’lumotlardan test tuzilganidan şikoyatçi ekanini ma’lum qildi.

“Deyarli 10taça savol darslikdan taşqari tuzilgan edi. Masalan, davlat ramzlariga hurmatsizlik qilinadigan bölsa, qanday sanksiyalar qöllanadi, degan savollar tuşgan. JK va MJtK, Budjet kodekslarining darslikka qöşilmagan joylarini savol qilib berişgan. Bizning boşqa ilojimiz bölmagani uçun taxmin qilişimizga töğri keldi. Huquq fanidan 23 ta savolga töğri javob topa olganman. Bu yerda 8 ta savolga taxmin javobni belgilagan bölsam, 1 ta taxminim töğri çiqqan, qolgan 7 ta savol esa notöğri çiqqan”, – deydi abituriyentlardan biri Begoyim Qahramonova.

Xuddi şunday öquvçilardan biri Malika Raimjonova ham şerigining fikrini qöllab-quvvatladi. U sanksiyalar haqida darslikda ham borligi, lekin testda darslikda bölmagan sanksiyalar söralganini aytadi.

“Budjet kodeksidan savol tuşdi: 161-moddasi, moliya nazoratini kim olib boradi? Bu yerda 4 ta şaxs berilgan, töğri javobni taxmin qildim, lekin notöğri çiqdi. Referendumlar, saylovlar va madhiya soat neçada joriy qilinadi degan savol tuşdi. Biz bilamiz, saylovlar soat 8 dan 20 gaça taşkil etiladi, madhiya soat 8 da böladimi yoki yöqmi, töğrisi, bilmasdim. Bunaqa ma’lumotlarni darslikda uçratmaganmiz. 30 ta savoldan 20 tasini öz bilimim bilan işladim deya olaman, 10 tasini taxmin qilib belgilaganman. 10 ta taxminimdan 2 tasi töğri çiqdi, 8 tasi xato çiqdi”, – deydi Malika.

Mohira Abduqahhorova esa özi talaba bölişiga qaramasdan, grantga kiriş uçun öz imkoniyatini sinab qayta testga kirganini aytadi. U testlarga juda qiyinçilik bilan tayyorlangani va şunga yaraşa natija kutganini ham qöşimça qildi.

“Bir savolda mansabdor şaxsning xonasiga oddiy fuqaro kirganda qanday sanksiya berilişi söralgan. Bu yerda murojaat qilib kirilişi mumkin, boşqa işi bilan kirişi mumkin. Yoki direktorning xonasiga kirganimizda bizga sanksiya berilganmi? Yana bir savollardan biri: aholi turar joylarida it va muşuklarni saqlaganga qanday sanksiya berilişi haqida. Darslikning qayerida it va muşuklar haqida keltirilgan?” – dedi u.

Mohira testlarga qiyinçilik bilan tayyorlangani, agentlik belgilab bergan 4 ta kitob va eski hamda yangi Konstitutsiyalarning ikkalasini ham soliştirib, juda yaxşi özlaştirganini aytadi.

“Maktabdagi bilim bilan öquvçi talaba böla olmaydi. Çunki u maktabda öqituvçi huquq fanini yaxşi öta olmaydi. Sababi u yurist emas. Testlarda esa qonuniy yeçimlar söralyapti, buni yurist tuşuna oladi. Men 9-sinfdan beri tayyorgarlik köraman. Bir yarim yil kuniga 4 soat uxlaganman xolos. Ustozim har kuni sörar edi neça soat uxlaganimni, agar 4 soatdan köp bölsa “yaxşi gaplar”ni gapirar edi. Ota-onam boşqalarga mening bu tayyorgarligimni şunday ta’riflaşyapti: “Xuddi manqurtga öxşab öqiding”. Negaki, bir xonaga kirib olib, faqat kitob öqirdim 12 soatlab. Energiya beruvçi içimliklar, boş oğriğini qoldiruvçi dorilar oldimda doim turardi. Oldimda kitoblar soçilgan hamma yoqqa. Öqiş! Öqiş! 24 soat uxlamagan paytlarim böldi. Kodekslarda prinsiplar bor, har bir kodeksda insoniylik, odamiylik prinsipi bor. Bu degani huquqni muhofaza qiliş organlarida ham sen odamsan, buni yodingdan çiqarma degan fikr bor. Odamning hayotida nimadir qilasan degan ğoya bor. Şu prinsipni Bilimlarni baholaş agentligi ham öziga qöllasa, juda yaxşi bölardi”, – deydi Mohira.

Öquvçilarning e’tirozini 10 yildan oşiq vaqt davomida abituriyent tayyorlab kelayotgan huquqşunos Eldor Asadov ham qöllab-quvvatlayapti. U Bilimlarni baholaş agentligi test tuzişda bir neçta xatoga yöl qöyganini aytib, agentlikdan savollar tuşişi mumkin bölgan çegarani aniq belgilab berişni sörayapti.

2024 yilning 3 may sanasida huquqşunoslik fanlaridan milliy sertifikatining sinov imtihonlarida Asadovning özi ham qatnaşgan. Uning aytişiça, test tugaganidan keyin ekspertlarga testlardagi kamçiliklarni ma’lum qilgan. “Test savollarini 20 daqiqada tugatdim. Savollar böyiça e’tirozimlarimni test tuzuvçilarga aytdim. Prezident qaroriga köra, test topşiriqlari abituriyentning mantiqiy fikrlaş könikmasini aniqlaşga yönaltirilişi kerakligi aytilgan. Abituriyentdan sanksiyani söraş, mantiqiy fikrlaş tugul, uni xotirasini sinaşga ham arziydigan savol emas.

Ularga huquqşunoslardan sanksiyalar qismini söraş töğri emasligini, biz yuridikda 4 yil öqigan bölsak, imtihonlarda bizdan ham sanksiya söralmaganini tuşuntirdim. Lekin buni real imtihonlarda inobatga olişmabdi", – dedi u.

Şuningdek, Asadov agentlik bergan bayonot böyiça ham e’tirozlari borligini aytdi. Ma’lumot uçun, huquq fanidan test yeçgan abituriyentlarning noroziligi köpaygaç, BBA bayonot berib, test tuzişda öquv dasturi va Dsdan çetga çiqilmaganini ma’lum qilgan edi.

“Lekin öquv dasturiga tayanib test tuziş degani bu Özbekistondagi jamiki huquqiy normativ hujjatlardan test tuziş mumkinligini anglatmaydi. Öquv dasturidan savol tuzdim degani agentlikni oqlay oladi, lekin bu öquv dasturining çegarasi qayerda, mana şu çegarani 10 yillik huquqşunos, ustoz sifatida men ham bilmayman. Iltimos bizga çegarani aniq körsatinglar”, – dedi Asadov.

Asadovning yana bir şikoyati yil davomida agentlik ötkazgan diagnostik testlarda nega sanksiyaga oid savollar berilmaganida. U 10ga yaqin diagnostik testlarni butun Özbekistondagi repetitorlar xarid qilgani, bunga pul sarflaşganini aytyapti.

Uning navbatdagi e’tirozi savollarda töğri javoblar soni birdan ortiq ekanida. “8-sinf darsligida huquq normasining 3ga bölinişi keltirilgan. Gipoteza, dispozitsiya va sanksiya. Lekin şu savol söralgan testda 2ta töğri javob bor. Abituriyent qaysini tanlaşi kerak? Xuddi şu savol uçun ham abituriyentlarim va men agentlikni ma’muriy sudga beramiz”, – dedi u.

Repetitor testda savollar taqsimotiga ham rioya qilinmadi degan fikrda. “Şunaqangi holatlar böldi, ayrim abituriyentga Konstitutsiyadan 7ta savol tuşyapti, lekin boşqasida 2ta tuşyapti. Ayrimlariga aforizmlardan 2tadan savol tuşsa, ayrimiga umuman bunday savol tuşmagan. Agentlik özining rasmiy sahifasida savollar taqsimotini keltirgan. Lekin unga özi amal qilmayapti”, – dedi u.

U sözi oxirida mas’ullardan yoşlarning vatanparvarlik ruhini sindirmaslikni, öquvçilarda Özbekistonda öqimaslik kayfiyati paydo bölib qolayotganidan xavotirda ekanini aytdi.

Eslatib ötamiz, xuddi şu muammo bundan bir neça kun oldin turli sayt va Telegram-kanallarida tarqalgan edi. Şundan keyin holatga Bilimlarni baholaş agentligi munosabat bildirib, test tuzişda amaldagi davlat ta’lim standartlari va öquv dasturlaridan çetga çiqiş holatlari bölmaganini ma’lum qilgan. Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev esa agentlikning bu bayonotini “yolğon va safsata” deb atagandi.

“BMBA saytida huquqşunoslik fanidan tavsiya etilgan adabiyotlar röyxatida faqat 5 ta manba berilgan xolos. Ularning 4 tasi darslik, 1 tasi Özbekiston Konstitutsiyasi. Uşbu manbalarda mavjud bölmagan birorta savol berişga BMBAning haqqi yöq”, – deb yozgan u.

Şuningdek, bayonotda savol tuzişda qonun hujjatlariga belgilangan tartibda özgartiriş kiritilganda qonunning asl manbayi – lex.uz saytiga murojaat qilinadi deyilgan. Xuşnudbek Xudoyberdiyev agentlik şu jumlani notöğri talqin qilyapti degan fikrda.

“Ya’ni izohda savollar eng oxirgi özgariş va qöşimçalarni inobatga olib tuziladi deyilgan. Lekin bu degani biz istalgan normativ-huquqiy hujjatdan savol tuzişga haqqimiz bor, degani emas. Bu şunçaki yuqoridagi 5 ta manbadan savol tuzilayotganda qonunçilikdagi özgarişlarga qaraymiz degani. BMBAning bu işi huquqiy asosga ega emas va bu qonunbuzilişi deb baholanişi kerak”, – deb yozgan huquqşunos.

Bundan taşqari, agentlik savolda qaysidir qilmiş uçun JK va MJtKda qanaqa jazo berilgani, ya’ni sanksiyasi söralganini töğri deb hisoblaşini aytgan. Bunga javoban huquqşunos sanksiyalar yuridik oliygoh talabalariga ham yodlatilmasligi, hattoki sudyalar va organ xodimlarining imtihon va attestatsiyalarida ham söralmasligini ta’kidlagan.

Toşkent davlat yuridik universitet rektori Islombek Rustambekov esa bu masalalar böyiça hozirda TDYuU va Adliya vazirligi tomonidan işçi guruh tuzilib, örganiş taşkil etilayotganini ma’lum qildi.

“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan tegişli ma’lumotlar olinib örganiladi hamda qonuniy xulosa qilinadi. Aniq baho beriş uçun nizom talablarini körib çiqiş, test savollari hamda maktablarda öqitiladigan dasturlar, ulardagi adabiyotlar va mavzularni tahlil qilib, xulosa qiliş kerak böladi”, – dedi u.

Kun.uz’ning JK va MJtKda qanaqa jazo belgilangani, ya’ni sanksiyalarni töliq esda saqlaşning imkoni bor deb hisoblaysizmi, degan savoliga rektor şunday javob berdi:

“Ayrim muhim moddalarni eslab qoliş tabiiy, lekin töliq bilib bölmaydi, bilişga zarurat ham yöq”, – dedi u.

Zuhra Abduhalimova, jurnalist