Eng noyob va yolg‘iz hammom qayerda joylashgan?
Dunyodagi eng noyob va eng ochiq hammomlardan biri Islandiyada, Krafla geotermal stansiyasi yonida joylashgan. Stantsiya yer osti manbalaridan energiya oladi, 2009-2011 yillarda esa bu yerda yer magmasi bilan o‘zaro ta'sir natijasida issiqlik olish tajribasi o‘tkazilgan.
Kraflga olib boruvchi yo‘l tomondagi ochiq hududda dush o‘rnatilgan. Uning o‘ziga xosligi shundaki, dushning devorlari yo‘q - uning atrofi manzarali tabiat bilan o‘ralgan. Dush termal manbaga ulangan bo‘lib, unda yil davomida issiq suv ham bo‘ladi.
Dushning yonida uzoq vaqt unitaz ham o‘rnatilgan bo‘lib, bu uning mahalliy sayyohlik maskaniga aylantirdi. U bir necha marta dunyoning eng noyob jamoatchilik hojatxonalari ro‘yxatiga kiritilgan, biroq aslida maqsadi bo‘yicha qo‘llanilmagan. Unitaz Krafl hammomiga e'tibor jalb qilishga mo‘ljallangan art-obekt hisoblangan.
2017 yilda unitaz rakovinaga almashtirildi, u ham suv quvuriga ulanib, dekorativ maqsadlarda foydalaniladi.
Mavzuga oid
22:10 / 26.10.2024
Islandiyada to‘rt kunlik ish haftasi joriy etildi
13:03 / 05.10.2024
Eng xavfli plyajlardan biri: Islandiyadagi qora qumli sohilda sayyohlarni nima kutadi?
10:06 / 23.08.2024
Islandiyaning janubi-g‘arbiy qismida yana vulqon otildi
09:31 / 01.05.2024