Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La-Liga. Luis Suares "Barselona"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
Foto: Twitter/LaLiga
Ispaniya chempionati 8-turining markaziy o‘yinida "Atletiko Madrid" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qildi. Matraschilarning yangi stadioni bo‘lgan "Vanda Metropolitano"da o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Dastlab hisobni mezbonlar ochdi. O‘yinning 21-daqiqasida Saul uzoq masofadan ter Shtegen darvozasini ishg‘ol qildi. Kataloniyaliklarning javob goli 82-daqiqada Suares tomonidan kiritildi.
Bu natijadan so‘ng, "Barselona" 22 ochko bilan musobaqada peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, 3-o‘rinni egallab turgan "Atletiko Madrid" hisobida 16 ochko bor.
Atletiko – Barselona 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 21 Saul, 1:1 – 82 Suares.
Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul, Gabi (Torres, 83), Ferreyra Karrasko (Parti, 73), Koke, Korrea (Gaytan, 59), Grizmann.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Alba, Nelson Semedu (Serji Roberto, 61), Pike, Rakitich (Paulino, 79), Buskets, Inesta (Deulofeu, 61), Andre Gomesh, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Gabi (14), Umtiti (33), Rakitich (45), Grizmann (90), Saul (90).
Mavzuga oid
11:58 / 05.04.2026
«Real» autsayderga yutqazdi, «Barsa» chempionlikka yaqinlashdi
12:16 / 23.03.2026
Madrid derbisida “Real” ustun keldi, “Barselona” minimal hisobda g‘alaba qozondi
07:22 / 19.03.2026
«Barsa»da 7 gol, «Liverpul»da kambek. YeChLda kun o‘yinlari
12:39 / 16.03.2026