23:42 / 16.10.2017
13761

APL klubi savdoga qo‘yildi

Foto: Getty Images

"Nyukasl" xo‘jayini Mayk Eshli klubni savdoga qo‘yishga qaror qildi.

"Klub o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarilishini ta'minlaydigan, maqsadga intiluvchan va zarur investitsiyalarni amalga oshirishga tayyor bo‘lgan yangi xo‘jayinni izlamoqda" - deyiladi "hakkalar" rasmiy saytiga joylashtirilgan bayonotda.

Daily Mirror xabariga ko‘ra, Eshli klubni 380 million funtga sotib yuborishga tayyor. Vaholanki, 2007 yilda uni 134 million funtga xarid qilgan edi.

Ayni paytda "Nyukasl"ni sotib olishga britaniyaning yirik reseller kompaniyasi Sports Direct qiziqish bildirgan.

Top