Jahon | 10:40 / 16.10.2017
8435
1 daqiqa o‘qiladi

Sharqiy Qozog‘iston viloyatida zilzila ro‘y berdi

Foto: Fotolia

Qozog‘iston Respublikasi Ta'lim va fan vazirligining seysmologik tajriba-uslubiy ekspeditsiyasiga ko‘ra, Sharqiy Qozog‘iston viloyatida 4.2 ballik zilzila sodir bo‘ldi.

Yer osti silkinishlari 16 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan 07:51da qayd etildi. Zilzila markazi Olmaota shahridan 574 kilometr sharqda joylashgan.

«Zilzilaning energiya sinfi 8,7, magnitudasi - MPV 4.2, chuqurligi esa 10 kilometrni tashkil etdi», - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid