Jamiyat | 19:20 / 17.10.2017
15068
2 daqiqa o‘qiladi

Quyoshda superchaqnash yuz berishi mumkinligi taxmin qilinmoqda

Foto: SS0 Public Domain

Yaqin 100 yil ichida Quyoshda butun dunyo bo‘ylab energotizimlar ishini izdan chiqaradigan superchaqnash yuz berishi mumkin. Bunday xulosaga Harvard universiteti olimlari keldilar.

Olimlar yaqinda Quyoshda yuz bergan kuchli chaqnashlarga asoslanib shunday fikrga keldilar. Ularning ta'kidlashicha, superchaqnash odamlar uchun halokatli bo‘lishi mumkin, chunki u o‘z ortidan energotizimlar, yadro stansiyalarida sovutish tizimlari, sun'iy yo‘ldoshlarning ishdan chiqishi, internetning ishlamay qolishi hamda texnogen avariyalarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, samolyotlar yo‘lovchilari radiatsiyaning katta dozalarini olishlari mumkin.

New Scientist nashrida chop etilgan maqolada aytilishicha, 1859 yilda yuz bergan oxirgi superchaqnash Kerrington hodisasi nomi bilan ma'lum bo‘lgan geomagnit bo‘ronga olib kelgan. U Yevropa va AQShda telegraf tarmog‘ining izdan chiqishiga, quyi kengliklarda yorqin qutb yog‘dulari vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Olimlarning ta'kidlashlaricha, bunday superchaqnash katta ehtimollik bilan 21-asr oxirigacha yuz berishi mumkin.

Mavzuga oid