Quyoş nurlari bevosita tuşganda yelim idişlardan bisfenol A (BPA) moddasi ajraladi. Mazkur modda gormon tizimi hamda endokrin faoliyatiga salbiy ta’sir körsatadi.

BPA organizmda tabiiy gormonlar örniga kirib olib, ularning işini izdan çiqaradi. Bu esa:

  • erkaklarda testosteron darajasini pasaytiradi;
  • ayollarda bepuştlik, hayz sikli buzilişi kabi holatlarni yuzaga keltiradi.

Issiqlik ta’sirida qolgan plastik idişdagi içimliklarni davomli va uzoq muddat iste’mol qiliş saraton, bepuştlik, qandli diabet singari kasalliklar xavfini oşiradi.

Bundan taşqari, bunday içimliklar içaklarda gaz töplanişi, oğriq, şiş va hazm buzilişi kabi muammolarni hosil qiladi.

Bolalar organizmi kimyoviy ta’sirlarga sezuvçanroq. Plastikdan çiqqan zararli moddalar ösmirlarda gormonlar disbalansi, rivojlaniş muammolarini yuzaga keltirişi ehtimoli mavjud.

Şu sabab

- Içimlik tanlayotganda quyoşda turgan yoki qizigan butilkalardagisini xarid qilmang.

- Uyda yoki safarda bölgan vaqtlaringizda içimliklarni salqin joyda saqlang.

- Imkon qadar şişa idişdagi mahsulotlarni oling, ular kimyoviy özgarişga kamroq uçraydi.

- Bolalarga quyoşda qolgan içimlikni aslo bermang.

- Energiya ulaşuvçi, rangli, gazli içimliklar örniga sovuq suv, mevali tabiiy şarbat, ayron yoki çoy içişni odat qiling.