Bugungi kunda talay mamlakatlardagi umumiy ovqatlaniş muassasalarida xörandalar va mehmonlarga yuqori darajada xizmat körsatiş hamda noqulayliklarning oldini oliş maqsadida “Dress-code” joriy qilinişi oddiy holga aylanib qolgan.
Xöş, “Dress-code” nima degani?
Bu atama inglizça bölib, “Libos kodeksi” degan ma'noni bildiradi. Aniqroği, muayyan tadbirlar, taşkilotlar va muassasalarga borganda kiyilişi qat'iy talab etiladigan liboslarni anglatadi.
Darvoqe, ba'zi taşkilotlarda muhim qarorlar qabul qiliş (masalan, iş böyiça muzokaralar olib boriş) bilan boğliq tadbirlarni ötkaziş jarayonida iştirokçilar kiyimlariga katta e'tibor qaratiladi. Ofisda işlovçi xodimlar kiyadigan liboslar ham köpinça qat'iy belgilab qöyiladi.
“Dress-code” ma'lum bir tadbir uçun möljallangan kiyiniş uslubini xarakterlovçi öz belgilari va qoidalariga ega. Odatda bu uslub tadbirga taklifnomada körsatiladi.
Sirasini aytganda, “Dress-code” amalda bölgan joylarga siz xuddi töyga ketayotganday yasanib, zamonaviy xonim yoki zamonaviy janob bölib borişingiz şart, aks holda, öşa muassasalarga kirişingiz amri mahol.
Sönggi paytlarda bu yangliğ tartib-qoidalarni qöllaş bizning yurtimizda ham urf bölmoqda. Albatta, u milliy qonunçiligimizga zid kelmasligi, iste'molçilar huquqlarini poymol etmasligi, hamma uçun barobar bölişi zarur. Amalda esa, ba'zan teskarisi bölayapti. Mana, bir misol.
Yaqinda qömitaga Toşkent şahrida istiqomat qiluvçi fuqaro D.Rözmetov poytaxtimizdagi maşhur “ILK BIZNES” mas'uliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli “Marmaris” restoranida röy bergan “Dress-code” bilan boğliq voqea töğrisida xabar yölladi. Ta'kidlaşiça, uning örtoqlari “Marmaris” restoranida ovqatlaniş uçun oldindan buyurtma berişadi. Belgilangan kuni soat 20.00 da döstlari restoranda jam bölib, xizmatçilardan bir neça xil taomlar (salat, içimlik, suyuq va quyuq ovqatlar)ga keltirişlarini söraşadi.
Keyinroq D.Rözmetov restoranga kirib kelgan vaqtda esa egnida asosan golf va tennis öynaganda kiyiladigan kalta yengli va yoqali (polo) sport kiyimi, oyoğida esa krasovka bor edi. Restoranning qöriqlaş xizmati xodimlari va menejyeri uni töxtatib, restoran içki qoidalariga köra, unga sport kiyimida kiriş mumkin emasligini aytişadi. Xuddi şu lahza D.Rözmetov restoranda bu talabga rioya qilmagan holda yurgan xörandalarni körib qoladi-yu, “U holda, anavi kişilarni nega kiritdingiz?” deb söraydi. Evaziga “Xorijlik mehmon bölgani uçun ularga mumkin”, degan javobni eşitadi...
















