Naqd pulga benzin yöq: kundalik-maişiy tovarlarga bunday çeklov qançalik töğri? Avtomobil texpasportiga amal qiliş muddati kiritildi: bu nimaga kerak? Poyezd keçiksa, yölovçiga tovon tölanişi mumkin: mas’ullar bunga könadimi? Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid şu va boşqa muhim mavzulari – Kun.uz dayjestida.

Naqdsiz iqtisodiyotga jiddiy, lekin bahsli qadam

2026 yil 1 aprel sanasi – Özbekistonda naqdsiz iqtisodiyotga ötiş yölidagi buriliş nuqtasi böldi: metan va propan, benzin va dizel kabi yoqilğilar, alkogol va tamaki mahsulotlari, kommunal va davlat xizmatlari, köçmas mulk va avtomobillar, qolaversa, qiymati 25 mln sömdan ortiq har qanday tovar va xizmatni faqat naqdsiz şaklda oldi-sotdi qiliş tartibi kuçga kirdi.

Aslini olganda, oxirgi yillarda zamona zayli va fintex sohasidagi qoyilmaqom taraqqiyot bilan, naqddan köra naqdsiz pulning afzalligi muttasil oşib borayotgan edi. Bu tendensiya mutlaqo tabiiy, tadrijiy yöl bilan ketayotgan, transformatsiya sur’atini sekin deb bölmasdi. Gap bu yerda faqatgina moslaşuvçan yoşlar yoki infratuzilma birmunça yaxşiroq şaharlar aholisi haqida ketmayapti: e’tibor bering, 2026 yil yanvar oyida Özbekistondagi pensionerlarning 90 foizi pensiyasini öz ixtiyori bilan naqdsiz şaklda olgan. Şu birgina faktning öziyoq mamlakatimizda köpçilik sezmay ham qolgan “tölov inqilobi” allaqaçon boşlanib bölganidan darak beradi.

Şunga qaramay, hukumat naqdsiz hisob-kitoblarga ötiş dinamikasini yanayam tezlaştirişga qaror qildi. Bu qarorning eng mantiqli qismi – köçmas mulk va avtomobillar oldi-sotdisiga oid. Bunday tartib – iqtisodiyotda yirik aylanmalarning bank orqali ötişini ta’minlab, kelgusida pul yuvişga qarşi muhim tösiq vazifasini bajaradi. Hozirça rasmiylar uçun birinçi vazifa – aylanmalarni bank tizimiga kiritib oliş ustuvor bölib turibdi: Iqtisodiyot va moliya vazirligiga köra, yangi tartib tufayli bank tizimiga 60–100 trillion sömgaça “tekin pul” oqib kirişi kutilyapti.

Yirik bitimlardagi naqdsiz oldi-berdining ikkinçi funksiyasi – jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallaştirilişiga yöl qöymaslik. Oddiy aytganda, kişi biror kattaroq xaridni amalga oşirganida, şunça pulni qayerdan olganini tuşuntirişiga töğri keladi. Natijada kattaroq mulkini sotayotgan odam oldi-sotdi şartnomalarida haqiqiy summani körsatişga ehtiyoj sezadi. Darvoqe, bunday ehtiyoj hozir ham yöq emas: agar şartnomada haqiqiy summani kamaytirib körsatsangiz, 3 yil içida uyni sotgan taqdiringizda yaxşigina soliq majburiyati bilan yuzlaşişingiz mumkin.