O‘zbekiston | 18:48 / 23.10.2017
6266
2 daqiqa o‘qiladi

«ARCHEO» jurnalida O‘zbekiston haqida qator maqolalar e'lon qilindi 

Foto: Uzbektourism

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turistik sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonini bajarish, shuningdek, Italiya jamoatchiligini mamlakat sayyohlik salohiyati bilan tanishtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekistonning Rimdagi diplomatik vakolatxonasi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK «ARCHEO» jurnali bilan hamkorlikda tarix va arxitekturani yorituvchi bir necha maqola chop etildi. Bu haqda Uzbektourism axborot xizmati xabar bergan.

Shunday qilib, jurnalning mart soni muqovasida Go‘ri Amir maqbarasi joylashtirildi, maqolada esa Samarqand tarixi va afsonalari haqida hikoya qilinadi.

Oktyabr oyida «Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayohat» nomli monografiya e'lon qilindi, unda Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan qadimiy shaharlar Buxoro va Samarqand me'morchiligi, Marko Poloning Markaziy Osiyo shaharlariga sayohati, Amir Temur hayoti va hukmronligiga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, jurnal sahifalarida italiyalik turoperatorlardan O‘zbekistonga jozibador turpaketlar joylashtirilgan.