Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda 9-sinf o‘quvchisi miltiqdan do‘stini otib tashladi
G‘arbiy-Qozog‘iston viloyatining Uralsk shahrida 14 yoshli maktab o‘quvchisi o‘z sinfdoshini ov miltig‘idan otib o‘ldirdi. Xabar qilinishicha, hodisa ehtiyotsizlik tufayli sodir bo‘lgan. OAVning Uralsk Ichki ishlar boshqarmasi katta inspektori Dinara Abdulkalikovaga asosan xabar berishicha, fojia 20 oktabr kuni yuz bergan.
«Uralsk shahrida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs Derko‘l qishlog‘idagi hovuz yonida bo‘lib turgan vaqtida 2003 yilda tavallud topgan voyaga yetmagan shaxsni ov miltig‘idan otib qo‘ygan. Natijada, yaralangan shaxs viloyat bolalar shifoxonasida hayotdan ko‘z yumdi», - deya xabar bergan Abdulkalikova.
Shuningdek xabar berilishicha, maktabda har ikki o‘smir faqatgina «ijobiy tomondan» o‘zini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025