Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madrid Kataloniyaga doir qarorlardan norozi bo‘lganlarga sudga murojaat qilishni taklif qildi
Ispaniya hukumati Kataloniyadagi vaziyatni tartibga solish borasida markaziy hukumat qarorlarining qonuniyligiga shubha bildirayotganlarga Konstitutsion sudga murojaat qilishni tavsiya qildi. Bu haqida dushanba kuni hukumat raisi o‘rinbosari, hududiy boshqaruv vaziri Sorayya Sayens de Santamariya ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa rahbari Karles Puchdemon "Senatga kelish va o‘zi zarur deb topgan bayonotni ommaga e'lon qilish imkoniga ega".
"Shanba kundan bizni nima kutmoqda - institutsional neytralitet sharoitlarida qonunga rioya qilish tartibini qaytarish uchun vazirlar Kataloniya hukumati vakolatlarini o‘z zimmalariga olishadi, - deya ta'kidladi bosh vazir o‘rinbosari Onda Cero radiostansiyasiga bergan intervyusida. - Senat 155-moddani tasdiqlashi bilan Puchdemon va uning hukumati o‘z funksiyalarini bajarishni to‘xtatadi".
Sayens de Santamariyaning aniqlik kiritishicha, 21 oktabrda Vazirlar mahkamasining favqulodda yig‘ilishidan keyin Madrid Barselona bilan aloqaga chiqmagan. "Choralarning konstitutsiyaga muvofiqligiga shubha qilganlar sudga murojaat qilishsin", - degan bosh vazir o‘rinbosari.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026