PayPal kompaniyasining milliarder-asosçisi, dunyodagi eng maşhur va iste'dodli tadbirkorlardan biri Ilon Mask jahonni Tesla Motors elektrmobillari va SpaceX kosmik parvozlari bilan xursand qilmoqda. Yaqinda Mask sayyoramizda harakatlaniş vaqtini sezilarli darajada kamaytirişga qaror qildi hamda yölovçilar taşiş uçun raketalardan foydalaniş konsepsiyasini taqdim etdi. Ammo bundan ham oldin u Los-Anjyeles va San-Frantsisko örtasidagi safar vaqtini 35 daqiqagaça qisqartirişni xohladi. Şuning uçun, u yuqori tezlikdagi transport tizimini quriş taklifi bilan çiqdi, bu kişilarga soatiga 1,223 km. masofani bosib ötiş imkonini beradi: Hyperloop.
Dastlab bu ğoya hayratlanarli edi. Aslida ham şunday böldi. Agar u muvaffaqiyatsizlikka yuz tutsa, futuristik Hyperloop poyezdlar örnini egallaydi va transportda lokomotiv, avtomobil hamda samolyot kabi inqilob qiladi. Yagona muammo şundaki, heç kim Hyperloop qanday işlaşi va uni quriş uçun qança mablağ talab etilişini bilmaydi. Ammo bu boradagi işlar davom etmoqda hamda faol olib borilmoqda.
Maskning aytişiça, loyihaning narxi 6 milliard dollarni taşkil etadi. Ammo köpçilik bu raqamlarga şubha bilan qaramoqda. Ba'zi ekspertlarning sözlariga köra, bunday pulga hatto katta hajmli köprik ham qurib bölmaydi. Bundan taşqari, Kaliforniyada ikki şahar örtasida ança sekinroq temir yöli tizimi qurilişi rejasi işlab çiqilmoqda, uning narxi 60 milliard dollarni taşkil etadi. Aynan şu taklif Maskni Hyperloop’ni namoyiş etişga undadi. Kaliforniya rejasi, Maskning 2013 yil avgustida SpaceX saytida e'lon qilingan 57 sahifadan iborat texnik hujjatda yozişiça, «dunyodagi eng sekin poyezdlaridan biri» uçun juda qimmatdir. Ma'lumot uçun, bu poyezd soatiga 322 kilometr tezlikda harakatlana oladi.
Maskning aytişiça, deyarli tovuşdan ham yuqori bölgan yer usti transport tizimini yaratiş narxi va murakkabligidan qat'i nazar, Hyperloop poyezd va samolyot örtasidagi narsadir. Köp jihatdan bu havo xokkeyi öyinidan olingan texnologiya yordamida miltiq öqi böylab sayyohat qilişga öxşab ketadi. Mask Hyperloop işlaşiga işonişini aytmoqda. Lekin qanday qilib?
Poyezdlar, samolyotlar, avtomobillar, kemalar va ...

Ilon Maskning dunyosida Hyperloop mexanizatsiyalaşgan harakat panteonidagi samolyotlar, poyezdlar, avtoulovlar va kemalarni hisobga olsa, transportning «beşinçi turi» böladi. Mask odamlar Kaliforniyadagi zilzilalardan omon qoliş uçun möljallab loyihalaştirilgan ustunlarda örnatiluvçi pölat quvurlar orqali, xuddi bobsleydagi kabi sayohat qilişlarini xohlamoqda. Temir betondan tayyorlangan bu ustunlar har 30 metr oraliqda joylaştiriladi va yerdan 6, 15 hamda 30 metr balandlikda böladi.














