Mamlakatimizda yoşlarga juda keng imkoniyatlar yaratilib, ularning öz iqtidorlarini amaliy tarafdan körsata olişlari uçun har tomonlama yordam berilmoqda. Yoşlarning ba'zilari kasb-hunar egallaş orqali mamlakat ravnaqiga hissa qöşişni öylayotgan bölsa, boşqalari oliy ma'lumotli bölib, öz bilimlarini hayotda qöllay oliş uçun harakat qilişmoqda. Bunday yoşlar öz qobiliyat darajasidan kelib çiqib oliygohlarni tanlaşadi. Aksariyat oliygohlarning kiriş imtihonlarida esa matematika fani asosiy fanlar qatorida turişi heç kimga sir emas. Bugun sizga poytaxtimizning ajoyib öquv markazlaridan biri hisoblangan “Registon” öquv markazida matematika fani qanday öqitilişi haqida ma'lumot beramiz.
Aniq fanlarni örganiş doimo maşaqqatli hisoblangan, bu jarayon odamdan kuçli sabr-toqat va iroda talab qiladi. Öquv markazimizda boşqa fanlar qatori, matematikani örganiş uçun ham izçil va samarali dastur işlab çiqilgan.
Dastur ikki qismdan iborat: nazariy-amaliy qism va testlar bilan işlaş qismi.
Dasturning birinçi qismini qöllaş quyidagi tarzda amalga oşiriladi:
- Matematikani dastlabki bosqiçdan, ya`ni 0 darajadan boşlaş uçun 7 oylik dastur;
- Matematikani davom ettiruvçilar, bilim darajasi kuçli öquvçilar uçun 5 oylik dastur.

Birinçi qismda matematikani izçil örganişni endi boşlayotgan öquvçilar birmunça qiyinçilikka duç keladilar, bu davr ikki-uç haftani öz içiga oladi. Çunki oliygohlarga kiriş imtihonlaridagi savollar – hazilakam savollar emas, vaqt esa qisqa. Şu sababli birdan sonlar-u formulalar olamiga tuşib qolgan öquvçilarda özlariga nisbatan işonç tuyğulari oz bölsa-da susayib qolişi kuzatiladi. Ana şunday vaziyatlarda bizga öqituvçilarning murabbiylik salohiyatlari yordamga keladi. Bizning öquv markazimizda öqituvçilar xuddi sport murabbiylari uslubida işlaşadi, har bir öquvçiga xuddi öz farzandidek yondoşiladi, kerak joyida qattiqqöllik, kerak joyida mehribonlik körsatiladi. Motivatsiya maşğulotlari olib boriladi.
Matematika darslarida har bir öquvçiga individual yondaşiladi, çunki har kimning qabul qiliş imkoniyati turliça. Kimdir barça uyga vazifalarni vaqtida bajarib kelsa, kimdir misollarning yarmida töxtab, qotib qoladi. Şu sababdan individual yondaşuv qöllanilmoqda va bu uzoq yillardan beri öz samarasini bermoqda.















