Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“60 yoshda ham avtobus kutishni istamasangiz ...” - Chirchiqdagi reklama e’tirozga sabab bo‘ldi
Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi bekatlardan biriga o‘rnatilgan, chet tilini o‘rgatuvchi o‘quv markazining reklamasi mazmuni e’tirozlarga sabab bo‘ldi. “60 yoshda ham avtobus kutib ishga borishni istamasangiz, farzandingizga til o‘rgating” deyiladi e’londa. Raqobat qo‘mitasining aralashuvi bilan, bu reklamalar barcha bekatlardan olib tashlandi. Qonunga ko‘ra, reklamada ijtimoiy mavqega qarab kamsitish taqiqlangan.
Kun.uz kuzatuvchilari tahririyatga yo‘llagan videoda Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi bekatlardan biriga o‘rnatilgan chet tilini o‘rgatuvchi o‘quv markazi e’lonidagi yozuvga e’tibor qaratilgan.
Unda “60 yoshda ham avtobus kutib ishga borishni istamasangiz,, farzandingizga til o‘rgating” deb yozilgan.
“Reklama mazmuniga e’tibor bersangiz, unda yoshi kattalarni kamsitish, avtobus kutishni yomon va uyat ishdek ko‘rsatishga urinish bor. Holbuki, rivojlangan davlatlarda boylar va mansabdorlar ham jamoat transportidan foydalanadi”, deya e’tiroz bildirmoqda Kun.uz bilan bog‘langan vatandosh.
“Reklama to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, reklamada ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy mavqeyiga qarab kamsitish taqiqlangan.
Kun.uz yuqoridagi holatga huquqiy yondashuv qanday bo‘lishi haqida reklama sohasidagi vakolatli organ – Raqobat qo‘mitasiga so‘rov yo‘lladi. So‘rov yo‘llanganidan so‘ng qariyb 2 soat o‘tib, qo‘mita ushbu holat bartaraf etilgani, reklama tezkorlik bilan barcha bekatlardan olib tashlanganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
16:14 / 04.06.2026
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
15:14 / 04.06.2026
Yo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majburiy bo‘ladi
13:02 / 02.06.2026
Prezident maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
13:00 / 02.06.2026