Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon sobiq rahbari: AQSh Yaqin Sharqda yangi koalitsiya yaratishi kerak
Foto: AP
AQSh nafaqat terrorizm bilan kurashish, balki Eronning o‘sib borayotgani ta'siriga qarshi turish uchun ham Yaqin Sharq koalitsiyasini tashkil etishi kerak. Bu haqda Pentagon sobiq rahbari Leon Panetta ma'lum qildi.
«Men avval bu haqda tavsiyalar bergandim, lekin, afsuski, bu qo‘llab-quvvatlanmagan. Ishonchim komilki, biz birgalikda ishlaydigan davlatlardan iborat Yaqin Sharq koalitsiyasini yaratishimiz lozim. Isroil ham bu koalitsiyaning bir qismi qismi bo‘lishi kerak, chunki ochig‘ini aytganda, ular ham IShID, terrorizm va Eronning harakatlaridan tashvishdalar», - deya aytib o‘tdi Panetta Vashingtondagi Hudson Institute’da tashkil etilgan anjumanda so‘zga chiqib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, arab davlatlaridan iborat bo‘lgan bunday koalitsiya «maqsadlarni aniqlashtirish, qo‘shinlarni joylashtirish, terrorchilarni ta'qib qilish uchun qo‘shma harbiy qo‘mondonlik markazini» barpo etishi kerak bo‘ladi.
Panettaning ta'kidlashicha, koalitsiya nafaqat IShID bilan kurashishi, balki Eronni ham «bosib turishi» lozim bo‘ladi.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning Eronga nisbatan yangi strategiyasini amalga oshirish «Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga qarshi qattiq sanksiyalar joriy etish» bilan boshlanishi haqida ma'lum qilgandi. Tramp moliya vazirligiga IIQK va uning mansabdor shaxslari, agentlari hamda a'zolariga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar kiritish haqida topshiriq berdi.
Mavzuga oid
18:24
AQSh 48 soat ichida Eronga zarba beradi - Vuchich
15:42 / 31.01.2026
ICE'ga qarshi noroziliklar: AQShda ikki jurnalist hibsga olindi
09:40 / 31.01.2026
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
09:01 / 31.01.2026