Jamiyat | 12:10 / 25.10.2017
23376
3 daqiqa o‘qiladi

Milliy xavfsizlik xizmati viloyatlarda valyutafurushlarni ushlashda davom etmoqda

Foto: KUN.UZ

Milliy xavfsizlik xizmati valyuta «qora bozori»ga qarshi kurashni davom ettirmoqda, uning davomida xorijiy pul mablag‘larining noqonuniy sotuvchilarini aniqlash bo‘yicha muntazam reydlar o‘tkazilmoqda, bank tizimidagi shubhali tranzaksiyalar monitoring qilinmoqda va aholi orasida profilaktika ishlari tashkil etilmoqda.

Ushbu sa'y-harakatlar katta natijalar bermoqda. Mamlakat bo‘ylab o‘nlab valyutafurushlar ushlandi. «Bozorda pul almashtirish» tushunchasining o‘zi asta-sekin yo‘qolmoqda. Qonunga rioya qiladigan odamlarning aksariyati qulay va xavfsiz sharoitda banklarda valyutani sotmoqda hamda sotib olmoqda.

Yaratilgan sharoitlarga qaramasdan, mamlakatda hali ham o‘z pullarini xavf ostiga qo‘yadigan va nafaqat mijozlarini «talaydigan», balki ularga soxta qog‘oz pullarni o‘tkazishga urinib ko‘radigan valyutafurushlarga murojaat qilayotganlar uchrab turibdi. Kuni kecha MXX tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari bilan birgalikda birdaniga besh nafar noqonuniy valyutafurushni qo‘lga oldilar.

Xususan, Namangan viloyatida 30 yoshli Baxtiyor Yusupov va 44 yoshli Hakimjon Sattorovni mijozga 2400 AQSh dollarini 19 mln. 584 ming so‘mga sotishga urinish chog‘ida ashyoviy dalil bilan ushlash maqsadida maxsus amaliyot o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyatida tezkor xodimlar 37 yoshli Nodir O‘rinov va 26 yoshli Elyor Ne'matovning faoliyatiga 3000 dollarni 24 mln. 150 ming so‘mga sotib olish chog‘ida chek qo‘ydilar.

Nukusda maxsus tadbirni o‘tkazish paytida 42 yoshli Temirbek Kulametov ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi, u mijozga 1000 dollarni 8,15 mln. so‘mga noqonuniy ravishda almashtirib berishga uringan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston JKning 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atdi. 

Mavzuga oid